Sarri: «Italiyada klub topish oson bo‘lmaydi»

Mashhur italiyalik mutaxassis Maurisio Sarri murabbiylikka qaytish haqidagi savolga javob berdi.

“Menda yana ish boshlash istagi bor. Yana bir necha oy va men butunlay tayyor bo‘laman. Italiyada klub topish oson bo‘lmaydi, shuning uchun men boshqa chempionatda ishlashga tayyorman.

«Sevilya»? Haqiqatan ham hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Maqsadlarimiz turlicha bo‘ldi, shuning uchun ishlar uzoqqa bormadi», – deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Sky Sports Italia.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter