Marku Silvaga Angliyaning boshqa jamoasidan qiziqish bor

Nunu Eshpiritu Santu shu yozda «Nottingem Forest» bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkin – mutaxassisga Ispaniya va Portugaliya klublari qiziqish bildirmoqda. Agar Eshpiritu ketsa, «o‘rmonchilar» o‘ziga yangi bosh murabbiy izlashlari kerak bo‘ladi. Daily Mail xabariga ko‘ra, «Nottingem Forest» «Fulxem» ustozi Marku Silvani nishonga olishi mumkin. Portugaliyalik o‘tgan yilning kuzida London klubi bilan shartnomasini uzaytirgandi. Ushbu shartnomani taxminan 9 million funtga sotib olish mumkin.

Marku Silva “Fulxem”ni 2021 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Londonliklar so‘nggi Angliya chempionatini 13-pog‘onada yakunladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter