Fermin Lopesning qiymati bir yil ichida 100 barobar oshdi

«Barselona»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Fermin Lopesning narxi bir yil ichida sezilarli darajada oshdi. 7 iyun, juma kuni nufuzli Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi.

Shu munosabat bilan 21 yoshli Lopes 30 million yevroni tashkil etgan yangi narx oldi. Aytish joizki, 2023 yilning iyunida yarim himoyachi atigi 300 ming yevroga baholangan edi.

Shunday qilib, bir yil ichida uning qiymati 100 barobar oshdi. O‘tgan mavsumda Lopes «Barselona»ning asosiy jamoasi safida 42ta o‘yinda qatnashib, 11ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter