Palmer: «Jamoamizda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor»

«Chelsi» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer jamoasining Yevro-2024’da g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

Kecha yarim himoyachi o‘rtoqlik uchrashuvida Bosniya va Gersegovina jamoasi darvozasiga gol urdi va terma jamoadagi debyut golini kiritdi.

«Menimcha, Angliya Yevro-2024’da g‘alaba qozonishi mumkin. Jamoamizda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor», dedi Palmer o‘yindan keyingi intervyusida. Palmer Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida eng sermahsul futbolchi bo‘ldi.

Futbolchi 22 gol va 11 golli uzatmani amalga oshirgan. Chempionatda boshqa hech bir futbolchi bundan samarali o‘yin ko‘rsata olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter