Xabib va Tramp nimani gaplashishgan?

Amerikaning Nyuark shahrida o‘tkazilgan UFC 302 turnirining markaziy jangidan so‘ng rossiyalik sobiq UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, unga Falastindagi urushni to‘xtata olishida ishonch bildirdi.

“Ishonchim komilki, siz Falastindagi barcha urushlarni tuxtata olasiz”, dedi Xabib Trampga.

Sobiq prezident esa Nurmagomedovga u tarixdagi eng yaxshi jangchilardan biri ekanligini aytib, urushni to‘xtatishga va’da berdi.

“Biz bu urushni to‘xtatamiz. Men bu urushni to‘xtataman”, degan Tramp.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter