Eder: «Krishtianuning fazilatlari hali ham o‘zida qolgan»
Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Eder Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
«U har doim qo‘lidan kelganicha harakat qiladi va sovrinlarni ko‘paytirish niyatida. U Portugaliya uchun ko‘proq yutuqlarga erishish yo‘lida kurashadi.
Krishtianuning fazilatlari hali ham o‘zida qolgan, rekordlar uni kuzatib boradi, lekin u asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, faqat murabbiy ayta oladi», – dedi Eder.
Hozir Eder Portugaliya futbol federasiyasi rahbariyatining a’zosi hisoblanadi. U erkaklar va ayollar o‘smirlar terma jamoalarini nazorat qiladi, shuningdek, ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/