Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan tabrik oldi

Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronalduni Osiyo turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

“An-Nasr” finalda “Al-Hilol” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Arab chempionlar kubogini qo‘lga kiritdi. Ronaldu bu o‘yinda ikkita gol urdi.

«Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, «An-Nasr» bilan Arab kubogini qo‘lga kiritdi», – deb yozildi Portugaliya terma jamoasi Twitter sahifasida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter