Osimxen ortiq «Chelsi»ni qiziqtirmaydi

“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen bu yozda “Chelsi”ga o‘tmaydi.

London klubi «PSJ» bilan birga 25 yoshli futbolchiga asosiy daxvogarlardan biri edi. Insayder Fabrisio Romanoning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» Osimxenni yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida qo‘lga kiritish niyatida emas – nigeriyalik «ko‘klar» uchun ustuvor maqsad emas, u bo‘yicha muzokaralar davom etmayapti. Ko‘rinishidan, ingliz grandi xo‘jayinlari A Seriya yulduzining narxidan mamnun emas.

Xabaringiz bor, “Napoli” Viktor Osimhenni sotishdan 100 million yevrodan ko‘proq daromad olishni kutmoqda. Dekabr oyida forvard klub bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter