Grizmann xalqaro darajadagi faoliyatini hali yakunlanmoqchi emas
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann hali xalqaro miqyosdagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayotganini aytdi.
«Hammasi mening maydondagi darajamga, jumladan, ruhiy holatimga va murabbiy meni jamoada ko‘rishni xohlaydimi-yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin men doim «ko‘klar» safida o‘ynashni xohlayman, o‘z vatanim sharafini himoya qilish g‘ururdir. Farqi yo‘q, hatto zaxira o‘rindig‘ida bo‘lsam ham, baribir terma jamoaga kelaman», – deya Grizmanning so‘zlarini keltiradi «Footmercato».
Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi Avstriya, Niderlandiya va Polsha bilan bir guruhdan joy olgan.
Manba: sport-express.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/