«Barselona» sardori hozirgi vaziyatdan hayratda
«Barselona» tajribali futbolchisi Serxi Roberto hozirgi vaziyatdan hayratda.
Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi uzaytirilmasligi mumkin, garchi yaqin vaqtgacha hammasi shartnomani uzaytirish tomon ketayotgan edi. Jurnalist Gabriyel Sansning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» sardori yangi shartnoma imzolanishi kechikayotganidan hayratda.
Moliyaviy feyr-pley muammolari tufayli «Barselona» futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda qiynalmoqda. Serxi Roberto qurbon bo‘lishi mumkin: ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir klubning ustuvor vazifasi boshqa futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Roberto 2006 yildan beri «Barselona» tizimida. U jamoa safida 373 ta o‘yin o‘tkazgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/