Torres erkin agent sifatida ketadigan bo‘ldi

«Sevilya» yarim himoyachisi Oliver Torres yozda jamoani tark etadi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi erkin agent sifatida ketadi.

Torres «Sevilya»da 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter