Nacho: «Men allaqachon qarorimni qabul qilganman»
«Real» sardori Nacho Fernandes kelajagi haqida allaqachon qaror qilganini aytdi. Markaziy himoyachining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
OAVda yozilishicha, «qirollik klubi» 34 yoshli faxriy bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq futbolchining qarori hozircha noma’lum.
«Mavsum tugaganidan keyin nima qilishim haqida allaqachon qaror qildim, ammo hozir bu haqda gapirmoqchi emasman, bu to‘g‘ri vaqt emas. Sardorlik maqomi va Chempionlar ligasidagi g‘alaba mening qarorimga ta’sir qilmaydi», – deya ispaniyalikning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Nachoning «Real Madrid»dagi xayrlashuv o‘yini 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan «Borussiya Dortmund»ga qarshi Chempionlar ligasi finali bo‘lishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/