«Tottenxem»ga «Chelsi» futbolchisi kerak

«Tottenxem» «Chelsi» yarim himoyachisi Konor Gallaxerni sotib olishga urinib ko‘radi.

«Ko‘klar» tarbiyalanuvchisi o‘tgan yozda «shporlar» safiga qo‘shilishi mumkin edi, yanvar oyida ham transfer haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo kelishuv amalga oshmadi.

Futbolchining shartnomasi tugashiga bor-yo‘g‘i bir yil qoldi, shuning uchun «Chelsi» keng tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yozgi transfer oynasida yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor.

Jurnalist Gari Jeykobning so‘zlariga ko‘ra, «Tottenxem» 24 yoshli angliyalikni o‘z safiga tortish uchun yana bir urinishni amalga oshirmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter