Amrabat: «Kim bu erda o‘ynashni xohlamaydi?»

Joriy mavsumda “Manchester Yunayted”da ijara asosida o‘ynagan “Fiorentina” yarim himoyachisi Sofian Amrabat faoliyatini “qizil iblislar”da davom ettirishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Men uchun «Manchester Yunayted»da qolish, albatta, variant. Biz bu haqda gaplashamiz. «Manchester Yunayted» – dunyodagi eng katta klub, shuning uchun kim bu yerda o‘ynashni xohlamaydi?», deydi Amrabat.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 30ta o‘yinda qatnashdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter