Skoulz: «U 19 yoshli mendan 10 baravar yaxshiroq»

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning aytishicha, mankunianliklar yarim himoyachisi Kobbi Maynu undan ancha yaxshiroq.

“Men bilan bu yigit o‘rtasidagi taqqoslashlarni o‘qing… vaqtingizni behuda sarflamang, u 19 yoshda mendan 10 barobar yaxshi. Menga shunchaki uning to‘pni qabul qilish uslubi, xotirjamligi, maydondagi vaziyatni tushunishi va albatta katta o‘yinlardagi muhim gollari yoqadi. Bu yigit o‘zgacha», deydi Skoulz.

Maynu joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida debyut qilgan va unda “qizil iblislar” kattalar jamoasi safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter