«MYU»ning sobiq futbolchisi kubok finali haqida: «Mahorat bo‘yicha «Siti» ustun, lekin finalda bu ishlamaydi»
Angliya kubogi finalida Angliya chempioni «Manchester Siti» «Manchester Yunayted»ga qarshi «Uembli»da o‘ynamoqda.
«Mankunianliklar»ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu yerda jang qiladigan jamoalarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi, ruh va istak ko‘p bo‘ladi. Kim o‘z fikrini o‘rnatsa, o‘yinni o‘sha klub nazorat qiladi.
Mahorat va boshqa hamma narsa bo‘yicha, albatta, «Siti» ustun, lekin finalda bu ishlamaydi. Bu yerda yopiq o‘yin bo‘lishi mumkin emas», – dedi Kanchelskis Sport24 uchun.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/