Aleksandr Usik Dueyn Jonson filmida MMA afsonasi rolini ijro etadi
Superog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik o‘zini aktyor sifatida sinab ko‘radi.
Ukrainalik bokschi Gollivud blokbaster filmi «Krushashaya mashina» («Ezilgan mashina») kartinasida amerikalik taniqli jangchi Mark Kerr obrazini gavdalantiradi.
Filmda bosh rolni Gollivud superyulduzi Dueyn Jonson ijro etadi. Jonson kartina prodyuseri ham hisoblanadi. Usik filmda bosh qahramonning asosiy raqiblaridan biri Igor Vovchanchinning rolini ijro etib beradi.
Ushbu filmda yana bir taniqli MMA jangchisi, ikki karra Bellator chempioni Rayan Beyderga ham rol tegdi. U bosh qahramonning do‘sti Mark Kolmanning obrazida ko‘rinish beradi.
Ma’lumot uchun, Mark Kerr 1997 yilning yanvarida MMAda debyut qilgan. U ketma-ket uchta turnirda – WVC 3, UFC 14 va UFC 15`da g‘alaba qozongan. 1998 yilda esa PRIDE promoushenida o‘z janglarini o‘tkaza boshlagan. Kerr 6 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Aynan Vovchanchinga qarshi jangi o‘tkazilmagan deb topilgandi.
Amerikalik 55 yoshli jangchi faoliyatini 2009 yilda yakunlagan. O‘shanda u qatorasiga beshta jangda muddatidan oldin mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan. Janglarning birida Oleg Taktarovga yutqazgan.
Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/