Bernardu Silva: «Muxlislarsiz futbol – hech narsa»

«Manchester Siti»ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvaning fikricha, muxlislarsiz uning hozirgi klubi hech qachon so‘nggi yutuqlariga erisha olmasdi. Pep Gvardiola jamoasi yana Angliya chempioniga aylandi va mamlakat kubogi finalida ham ishtirok etadi.

«Manchester Siti»da dastlabki olti oyda kamdan-kam o‘ynadim, lekin birinchi mavsumning ikkinchi yarmida maydonga tez-tez tusha boshladim va darhol muxlislar bilan juda mustahkam aloqa o‘rnatdim. Muxlislar oldida o‘z obro‘imni yo‘qotmaslikka harakat qilaman, chunki muxlislarsiz futbol hech narsa», – deya Bernardu Silva so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter