«Kalyari» yetakchisi Saudiya klubiga yo‘l oldi

Naitan Nandes Saudiyaning «Al-Qodisiya» klubi futbolchisiga aylandi.

Urugvaylik futbolchi “Kalyari”ni erkin agent sifatida tark etdi va Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

“Al-Qodisiya” Saudiya Arabistonida oliy liga yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Ayni paytda jamoa Birinchi divizionda 1-o‘rinni egallab turibdi.

Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Nandes 2019 yildan beri Italiyada to‘p tepayotgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter