«MYU» va Makkenna o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

«Manchester Yunayted» va Erik ten Xag shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya kubogi finalidan so‘ng o‘zaro xayrlashuvni e’lon qilishi mumkin. “Qizil iblislar” sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda ham niderlandiyalik murabbiy bilan xayrlashishi haqida ma’lumotlar bor.

Kiran Makkenna «Manchester Yunayted»ning keyingi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Sky Sports xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» allaqachon Makkenna vakillari bilan muzokara o‘tkazgan.

Makkenna hozirda «Ipsvich»ni boshqarmoqda. Yosh murabbiy bilan jamoa Premyer-ligaga yo‘l oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter