Fransiya terma jamoasi Yevro oldidan jiddiy yo‘qotishga uchragan bo‘lishi mumkin
Fransiya terma jamoasi Yevro oldidan jiddiy yo‘qotishga uchragan bo‘lishi mumkin
Baho: | + | – |
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar Rukn: Yangiliklar A A A
«Milan» va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli darvozabonga chap qo‘lining barmog‘i chiqib ketgani tashxisi qo‘yilgan. Qayd etilishicha, Menyan kelasi hafta maxsus bog‘ichda yuradi, shundan so‘ng u yana bir ko‘rikdan o‘tadi, bu esa futbolchining Yevropa chempionatiga tiklana oladimi yoki yo‘q bilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 14 iyun kuni Germaniyada boshlanadi va 14 iyulga qadar davom etadi. Fransiya terma jamoasi Avstriya, Polsha va Niderlandiya bilan birga D guruhida ishtirok etadi.
Manba: euro-football.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/