Endrik: «Real» va YECHL bir-birlari uchun yaratilgan»

Endrik Chempionlar ligasi finali haqida gapirdi.

«Real Madrid» va «Borussiya Dortmund» o‘rtasidagi turnirning final o‘yini 1 iyun kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi finalidan nima kutyapsiz? Sizningcha, «Real Madrid» 15-kubogini qo‘lga kirita oladimi?

«Real Madrid» Chempionlar Ligasini, Chempionlar Ligasi esa «Real Madrid»ni ifodalab turadi. Ular bir-birlari uchun yaratilgan.

Menimcha, tarix takrorlanadi. Ammo «Borussiya»ning finalga chiqishi bejiz emas. Bu juda yaxshi va raqobatbardosh jamoa.

Umid qilamanki, «Real Madrid» futbolchilari g‘alaba qozonishadi. Finalda chempionlik uchun kurashish muhim», – dedi «Real» bilan shartnoma imzolagan «Palmeyras» forvardi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter