«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Pochettinoning ketishi haqida gapirdi

«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Frank Lebyof bir kun avval «ko‘klar» bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Maurisio Pochettino haqida gapirdi.

«Ko‘klar» mavsumning so‘nggi bir necha o‘yinlarini juda yaxshi o‘tkazishdi va endi biz bundan keyin nima bo‘lishini bilmaymiz. Bu yosh tarkib bilan qayerga borishimizni bilmaymiz. Kelgusi mavsumda vaziyat yakunlanganidan yaxshiroq bo‘lishiga katta shubhalarim bor», – deydi Lebyof.

21 may kuni «Chelsi» jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qilgan edi. Bu davrda uning qo‘l ostida “ko‘klar” barcha turnirlarda 51 uchrashuv o‘tkazib, 27 marta g‘alaba qozongan, 10 marta durang o‘ynagan va 14 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter