«Real Madrid» 1989 yilda o‘rnatilgan klub rekordini yangiladi

Yakshanba oqshomida “Real” “Vilyarreal” mehmoni bo‘lgan 4:1 hisobidagi ustunlikni qo‘ldan chiqarib, 4:4 hisobida durang bilan cheklandi. Biroq madridliklar Ispaniya La Ligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 31 ta o‘yinga yetkazdi.

Shu tariqa, “Real” yangi klub rekordini o‘rnatdi. Avvalgi rekord 1989 yilda qayd etilgan va klub 30 o‘yinda yutqazmagan edi.

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida «Real» rekordni yana yangilashga harakat qiladi. Bunga erishish uchun Karlo Anchelotti jamoasiga o‘z maydonida «Betis»ga yutqazmaslik kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter