Shirer «Siti»ning 115 ta qoida buzarligi haqida gapirdi

Alan Shirerning fikricha, «Siti»ning ayblovlari futbolchilarga ta’sir qilmasligi kerak.

2023 yil fevralida Premyer-liga “Manchester Siti”ni 2009/10 yilgi mavsumdan 2017/18 yilgi mavsumgacha bo‘lgan 115 ta turli moliyaviy qoidalarni buzishda aybladi. Sud jarayoni 2024 yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan.

“Bu futbolchilarning aybi emas. Ular futbol maydoniga chiqib, jang qilishadi. Klub bu ayblovlarga javob berishi kerak bo‘ladi va o‘yinchilar zo‘r edi, ular erishgan narsalarni olib tashlab bo‘lmaydi”, dedi “Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter