Saloh Kloppni maqtadi

Saloh «Liverpul»dagi so‘nggi uchrashuvi oldidan Yurgen Klopp haqida gapirdi.

Bugun «Liverpul» APLning 38-turi doirasida «Vulverxempton»ni qabul qiladi. Mersisaydliklar so‘nggi bor germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynashadi.

“Birinchi telefon suhbatimiz chog‘ida u menga klubga qo‘shilishimni istayotganini tushuntirganini eslayman. U asosan Sadio va Firmino bilan yangi jamoa qurayotganini va ular bilan o‘ynashimni xohlayotganini tushuntirdi.

Biz yetti-sakkiz yildan beri shu yerdamiz, shuning uchun juda ko‘p muhim voqealar bor, lekin o‘ylaymanki, “Chelsi” “Manchester Siti”ni mag‘lub etganidan keyin Premer-ligada g‘alaba qozonish va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish – bular doim esimda.

Men har doim vaziyatga insoniy nuqtai nazardan qarayman. U, albatta, meni futbolchi sifatida rivojlantirdi. Biz bir-birimizga ko‘p yordam berdik va sovrinlarni yutish uchun klubga bor kuchimizni berdik, buni hamma biladi», dedi «Liverpul» vingeri.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter