Karrager: «Klopp va Saloh «Liverpul» afsonalari»

Jeymi Karrager Yurgen Klopp va Muhammad Saloh o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Saloh va Klopp «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda tortishib qolgan.

«Saloh va Klopp «Liverpul» afsonalari. Biz kimnidir tarafini olishimiz shart emas! Saloh o‘ynamagani uchun Yurgendan xafa va jahli chiqdi.

Ular buni o‘zaro hal qilsinlar va so‘nggi bir necha haftani birga o‘tkazaylik. Ular klubda erishilgan yutuqlar borasida bir-birlariga ko‘p yordam berishdi» – dedi sobiq futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter