Xoylund: «Manchester Yunayted» – juda katta klub»

Rasmus Xoylund mavsum boshida «Manchester Yunayted» va Premyer-liga bosimi bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida gapirdi.

U debyut mavsumida barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi.

«Manchester Yunayted» juda katta klub va Premyer-liga juda katta liga… Odamlar sizga ko‘chib o‘tgandan keyin avvalgidan ko‘ra ko‘proq e’tibor berishlari aniq.

Avvaliga men uchun qiyin bo‘ldi. Hozir ancha xotirjamman va odamlarning gaplaridan unchalik tashvishlanmayapman.

Yaxshi futbolchi ekanligimni bilaman, agar imkoniyat bo‘lsa, ko‘p gollar uraman”, – dedi Xoylund.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter