Terzich: «Uembli»da mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz»

Edin Terzich Dortmundliklar «Real»ga qarshi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazishiga umid qilmoqda.

Dortmundliklar bosh murabbiyi Bundesliganing so‘nggi turida «Darmshtadt»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (4:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz uchun juda muvaffaqiyatli kun. O‘yin davomida, oldin va keyin his-tuyg‘ular sezildi. Biz ham o‘yinning 30-daqiqasidan boshlab o‘z kuchimizni ishga solib, haqli g‘alabaga erishdik. O‘yinga munosabati va halolligi uchun raqibga katta hurmat keltiraman.

O‘ylaymanki, Marko kun qanday o‘tganidan juda xursand va mamnun edi. Endi biz barcha e’tiborimizni 1 iyunga [«Real Madrid»ga qarshi Chempionlar ligasi finaliga] qaratamiz, «Uembli»da mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz», – dedi Terzich.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter