«Leypsig» o‘z hujumchisiga yakuniy narxni belgiladi
«Leypsig» yozda o‘z hujumchisi Benjamin Sheshkoning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borish strategiyasini tanladi.
Sky Sport nashri xabar berishicha, nemis klubi 20 yoshli sloveniyalikni 65 million yevrodan kamiga sotmaslikka qaror qilgan. Bu tovonga sabab – futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi mavsum.
Sheshkoning «Leypsig» bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. U avval «Lifering» va «Zalsburg» klublarida o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/