Girassi Bundesligada Gerd Myuller, Aylton va Stefan Kisling rekordini takrorladi

«Shtutgart» so‘nggi turda Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini 4:0 hisobida mag‘lub etib, Bundesligada mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunladi. Ushbu o‘yindagi dastlabki ikkita golni Seru Girassi kiritdi va bu bilan u Bundesliga rekordini takrorladi.

Gap shundaki, joriy mavsumda hujumchi o‘n ikkinchi bor o‘yindagi birinchi golni urdi.

Germaniya chempionatining butun tarixida bu holat faqat uch marta sodir bo‘lgan – 1969/1970 yilgi mavsumda Gerd Myuller, keyin 2003/2004 yilgi mavsumda Aylton va nihoyat, 2012/2013 yilgi mavsumda Stefan Kisling.

Ularning barchasi mavsum davomida 12 marta uchrashuvdagi birinchi golni kiritishgan.

Manba: euro-football.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter