Myuller: «Ushbu mavsumda bizni mag‘lub etgan barchani tabriklayman»

«Bavariya» futbolchisi Tomas Myuller klubning joriy mavsumdagi yomon o‘yinlari haqida gapirdi.

«Ushbu mavsumda bizni mag‘lub etgan barchani tabriklayman. Endi biz bu muvaffaqiyatsiz natijalarni ortda qoldirishimiz kerak, men tezda yangi mavsumga kirmoqchiman. Balki bizga boshqa o‘yinchilar kerak edi yoki murabbiy boshqacha harakat qilishi kerak edi. Yangi mavsumda hammasini yangi murabbiy bilan qaytadan boshlaymiz», – dedi Myuller.

«Bavariya» Germaniya chempionatining joriy mavsumida «Shtutgart» va «Bayer»dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Myunxenliklar oxirgi marta 2011 yilda uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter