«Manchester Yunayted»ga «Lill» himoyachisi kerak

«Manchester Yunayted» «Lill» markaziy himoyachisi Leni Yoroga qiziqayotgan klublar qatorida. 

Caught Offside ma’lumotlariga ko‘ra, «mankunianliklar» «Real»ning transfer maqsadi hisoblangan futbolchini jamoaga taklif qilmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, «Lill» 45-50 million yevrolik takliflarni qabul qiladi. Biroq, agar raqobat juda yuqori bo‘lsa, kompensasiya miqdori oshishi mumkin.

Avvalroq Yoroga “Bavariya”, “Liverpul” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi. Futbolchi «Real»ga o‘tmoqchi edi, biroq «qirollik klubi» so‘nggi paytlarda 18 yoshli fransiyalik futbolchiga qiziqishni yo‘qotdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter