«MYU» hujumchisi uchun kurashga yana bir top klub qo‘shildi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Meyson Grinvud yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin.

2023/2024 yilgi mavsumda angliyalik futbolchi «Xetafe»da ijara asosida o‘ynayapti, ammo bu klub Grinvudni sotib ololmasa kerak.

22 yoshli futbolchiga «Atletiko Madrid», «Barselona» va «Yuventus» kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, Grinvudga yana bir klub qiziqmoqda.

Gap “Napoli” haqida ketmoqda. Ko‘rinishidan, hujumchining transferi uchun kurashda neapolliklar ham ishtirok etishadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter