Grizmann faoliyatidagi yubiley golini kiritdi

Kecha tunda Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Vilyarreal”ni mag‘lub etdi – 3:1.

Avvalroq «matraschilar» hujumchisi Antuan Grizmann klub tarixidagi 169-golini urib, rekordchi Luis Aragonesga deyarli yaqinlashgani haqida xabar berilgandi. Lekin bu eng muhimi emas – kecha Antuan o‘zining yubiley, professional faoliyatidagi 300-golini urdi.

Opta xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi, shuningdek, «Real Sosyedad» safida 52, Fransiya uchun 44 va «Barselona» uchun 35 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter