La Ligada golli vaziyatlarni ko‘kka sovurish bo‘yicha peshqadam futbolchi aniqlandi
«Valensiya» hujumchisi Ugo Duro La Liga 2022/23 mavsumida eng ko‘p gol urish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi, deya xabar beradi Opta.
Hujumchi 8 ta imkoniyatni boy berdi. Kristian Stuani (“Jirona”), Kike Garsiya (“Alaves”) va Yago Aspas (“Selta”) 7 tadan imkoniyatni boy bergan.
23 yoshli Ugo Duro joriy mavsumda “Valensiya” safida La Ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchi La Liganing 13-turida “Real”ga (1:5) gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/