Kazemironi Saudiya Arabistonining ikki klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik uchun Saudiya Arabistonining ikki klubi da’vogarlik qilmoqda. Futbolchi vakillari allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Joriy mavsumda Kazemiro 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Braziliyalik futbolchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter