«Bolonya» 60 yildan so‘ng Chempionlar ligasiga qaytdi

Italiyaning «Bolonya» klubi Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Italiya chempionatining 36-turi doirasida «Roma» safarda «Atalanta»ga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan so‘ng Tyago Motta jamoasi joriy mavsumda A seriyada beshinchi o‘rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo‘ldi.

Yevropa chempionlar ligasining keyingi mavsumida Italiyadan 5 ta jamoa ishtirok etadi. «Bolonya» esa 59 yildan so‘ng nufuzli musobaqaga qaytadi.

Jamoa so‘nggi marta mavsum-1964/65da Yevropa chempionlar kubogida ishtirok etadi. O‘shanda klub musobaqaning ilk bosqichida «Anderlext»ga yutqazib, turnirni tark etdi.

Manba: football24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter