«Shaxtyor» Sudakovga narx belgiladi

Ukraina terma jamoasi va «Shaxtyor» yarim himoyachisi Georgiy Sudakovga transfer bozorida talab katta.

Tuttomercatoweb jurnalistlarining yozishicha, futbolchining Italiya chempionatida o‘ynash imkoniyatlari bor.

Unga «Yuventus» va «Napoli» klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Ukraina klubi o‘z yulduzini 70 million yevroga sotishga tayyor. Georgiyning «Shaxtyor» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2028 yilning dekabri oxirigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter