Gnabri Yevroni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi Serj Gnabri Chempionlar ligasi yarim finalida «Real»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Myunxen klubi rasmiy sayti orqali 28 yoshli futbolchining tashxisini ma’lum qildi.

«Gnabri chap sonining orqa qismidagi bog‘lamlari yirtilgan», – deyiladi «Bavariya» bayonotida.

Myunxen klubining qayd etishicha, Gnabri 2023/2024 yilgi mavsumning qolgan o‘yinlarida maydonga tushmaydi. Oldinroq matbuotda Serjning Germaniya terma jamoasi uchun uy turniri bo‘ladigan 2024 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborish ehtimoli yuqori ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter