Fabregas APL markaziy bahsi uchun o‘z taxminini bildirdi

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Sesk Fabregas Angliya premyer-ligasining 37-turi doirasidagi «Manchester Yunayted» hamda Londonning «Arsenal» klublari o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuvdan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu o‘yinlar har doim o‘zgacha o‘tadi. «Manchester Yunayted» hozir o‘zining eng yaxshi yillaridagidek darajada emas.

«Arsenal» ular uchun juda kuchli raqib. Londonliklar o‘z imkoniyatlariga ishonadilar. Bu jamoa allaqachon tajribaga ega bo‘ldi, «kanonirlar» so‘nggi bir yil ichida ancha yaxshilandi.

O‘ylaymanki, mehmonlar yirik g‘alabaga erishadilar», – dedi Fabregas.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter