«Manchester Siti» «Barselona»ga hech qanday chegirma qilmaydi

«Manchester Siti» yarim himoyachi Bernardu Silvani sotish borasida aniq pozisiyaga ega. «Shaharliklar» «Barselona»ga hech qanday chegirma qilmoqchi emas.

«Manchester Siti»ning pozisiyasi shuki, portugaliyalikni transfer qilish uchun manfaatdor klub 60 million yevro tovon puli to‘lashi kerak. Aks holda yarim himoyachi sotilmaydi.

Avvalroq Bernarduning o‘zi ham «Barselona»ga o‘tishni xohlayotgani va buning uchun maoshini kamaytirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Joriy mavsumda 29 yoshli portugaliyalik APLda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter