Vinisius: «Real» tarkibida 25 nafar yulduz bor»

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan keyin jamoa futbolchilarining saviyasini yuqori baholadi.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba oqshomida Madridning “Real” klubi “Bavariya” ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. «Los Blankos» o‘yin oxirida ikkita gol urdi, Xoselu dubl qayd etdi.

“Jamoamizda 25 nafar yulduz bor. Biz Londonga, Chempionlar ligasi finaliga borish va La Ligada g‘alaba qozonishdek maqsadimizga erishish uchun barchamiz qattiq mehnat qildik. Biz La Ligada g‘alaba qozondik, endi esa Londonga boramiz», – dedi Vinisius Goal bilan suhbatda.

Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi finalida “Borussiya” bilan “Uembli” stadionida o‘ynaydi. Uchrashuv 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter