Saka uchun mavsum juda omadli o‘tmoqda

Bukayo Saka joriy mavsumda «Arsenal» safidagi barcha turnirlardagi 20-golini kiritdi.

Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa APLning 36-turida “Bornmut”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.

Bu o‘yinda “kanonirlar” hujumkor yarim himoyachisi Bukayo Saka penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa, 22 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi 20-golini kiritdi: Premyer-ligada 16 gol va Chempionlar ligasida 4 gol.

U 2019/20-yu yilgi mavsumda Pyer-Emerik Obameyang 29 gol urganidan keyin «Arsenal» uchun barcha musobaqalarda 20+ gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Saka, shuningdek, 2012 yilda 21 ta gol urgan Teo Uolkottdan keyin 12 yil ichida bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi ingliz bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter