Klattenburg iste’foga chiqdi

Mark Klattenburg «Nottingem Forest»dagi maslahatchi lavozimidan iste’foga chiqdi.

Premyer-liganing sobiq hakami shu yilning fevral oyida «Nottingem»da maslahatchi lavozimini olgandi.

Uning tayinlanishi hakamlar bilan “o‘zaro aloqa va munosabatlarni yaxshilash” zarurati bilan izohlangandi.

49 yoshli mutaxassis bugun iste’foga chiqdi va «Nottingem»ni tark etdi. U bu lavozimda 77 kun ishlagan.

Bu vaqt ichida klub bir necha bor Premyer-ligadagi hakamlar ishi bo‘yicha bahslarga aralashdi, xususan, «Nottingem» Premyer-liganing 34-turi doirasidagi «Everton» bilan o‘yinda (0:2) hakamlikdan g‘azablandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter