39 yoshli Tyago Silva yangi klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
«Fluminense» va himoyachi Tyago Silva vakillari shartnoma borasida kelishib olishdi. 39 yoshli braziliyalikning “Chelsi” bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga yetadi.
Globo Esports xabariga ko‘ra, «Fluminense» Londonga huquq va aloqa xodimlarini jo‘natgan va futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishga shoshilmoqda. U Silva Braziliya klubi safida 2024 yilgi mavsum yakuniga qadar bo‘ladi.
Silva yaqin haftalarda Rio-de-Janeyroga ko‘chib o‘tadi, rafiqasi esa «Chelsi»ning yoshlar jamoalarida o‘ynaydigan bolalari bilan Angliyada qoladi.
2006 yildan 2009 yilgacha himoyachi «Fluminense» bilan 97 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 2007 yilgi Braziliya kubogini qo‘lga kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/