«Vest Xem» hujumchisi: «Arsenal» chempion bo‘lsa kerak, deb o‘ylayapman»

Londonning “Vest Xem” klubi hujumchisi Maykl Antonio “Arsenal” APLning joriy mavsumida chempion bo‘lishiga ishonmoqda.

«Agar hammasi so‘nggi turda hal bo‘lsa, «Arsenal» chempionlikni qo‘lga kiritadi, deb o‘ylayman. Mavsumning so‘nggi o‘yinida bizda o‘ynash uchun nimadir bo‘ladi. Biz yevrokuboklarga chiqishga harakat qilamiz va mehmonda «Manchester Siti»ga qarshi o‘ynaymiz», – dedi Antonio.

APLning 38-turida “Vest Xem” safarda “Manchester Siti” mehmoni bo‘ladi. Hozirda «shaharliklar» 79 ochkoga ega bo‘lib, birinchi o‘rindagi «Arsenal»dan bir ochkoga ortda qolmoqda, ammo ularda bir zaxira o‘yini bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter