Bundesliganing beshta klubi YECHLda ishtirok etishni kafolatlab bo‘ldi

Kelasi mavsumda Chempionlar ligasida Bundesliganing beshta klubi ishtirok etadi.

Musobaqaning yangi formatida 36 ta jamoa ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. To‘rttadan ikkita kvota o‘tgan mavsumda UEFA koeffisiyentlari jadvalida klublari eng yaxshi natija ko‘rsatgan ligalar o‘rtasida taqsimlanadi.

Avvalroq Italiya Chempionlar ligasida qo‘shimcha o‘rin olgan bo‘lsa, hozir Germaniya (“Borussiya” birinchi yarim finalda “PSJ” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng) bunday imkoniyatga ega.

Boz ustiga, agar dortmundliklar Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa va Bundesligada 5-o‘rinni egallasa, Germaniyaning navbatdagi Chempionlar ligasida oltita jamoasi bo‘ladi.

Ayni damda “Bayer”, “Bavariya”, “Shtutgart”, “Leypsig” va “Dortmund” Chempionlar ligasida ishtirok etishni kafolatlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter