Leman Artetani tanqid qildi
2023/2024 yilgi mavsumda David Raya «Arsenal»ning asosiy darvozaboni bo‘ldi, Aaron Ramsdeyl esa zaxira o‘rindig‘ida qoldi. «Kanonirlar»ning sobiq darvozaboni Yens Leman Mikel Artetaning qarorini qo‘llab-quvvatlamadi.
“Men Ramsdeyl qarorini hech qachon tushunmadim. Sizda Angliyaning katta klubida yaxshi, jasur ingliz darvozaboni bor, u yaxshi ishlayapti, keyin esa hech qachon bu darajada katta klubda o‘ynamagan ispaniyalikni olib kelasiz, bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Darvozabon – jamoadagi eng muhim pozisiya. Agar men Ramsdeyl bo‘lganimda, qanday munosabatda bo‘lardim, bilmayman, chunki bu yoshda bu oson emas», dedi Leman.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/