«Leypsig» sardori Rangnikning «Bavariya»ni boshqarish imkoniyatiga baho berdi

«RB Leypsig» markaziy himoyachisi Villi Orban Ralf Rangnikning «Bavariya»ga kelishi haqida gapirdi.

Nemis mutaxassisi mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etadigan Tomas Tuxel o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Rangnik hozirda Avstriya terma jamoasini boshqarmoqda va o‘tmishda u «RB Leypsig»da muvaffaqiyatli ishlagan.

«Rangnik «Bavariya» uchun yaxshi tanlov bo‘ladimi? Buni klub rahbariyati hal qiladi, lekin tajribamdan shuni aytishim mumkinki, Ralf yuqori saviyali murabbiy. U jamoa va futbolchilarning muvaffaqiyati uchun hamma narsani qiladi, u qanday futbol ko‘rishni istayotgani haqida aniq tasavvurga ega va ayniqsa, yosh o‘yinchilarni yetishtirishda muvaffaqiyatga erishadi”, dedi Orban SportBild nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter